ALOQA UCHUN

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ О‘QUV MARKAZI TASHKIL ETILISHI BО‘YICHA UCH TOMONLAMA MEMORANDUM IMZOLANDI

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ О‘QUV MARKAZI TASHKIL ETILISHI BО‘YICHA UCH TOMONLAMA MEMORANDUM IMZOLANDI

Bugun, 20 iyul kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Toshkent davlat texnika universiteti hamda “UzAssystem” LLC qо‘shma korxonasi MCHJ о‘rtasida  uch tomonlama о‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Tadbirda Osiyo taraqqiyot banki vakillari, universitet olim va о‘qituvchilari, «UzAssystem» LLC qо‘shma korxonasi xodimlari, soha mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Jamiyat boshqaruv raisi о‘rinbosari Jahongir Obidjonov tadbirni kirish sо‘zi bilan ochar ekan, mazkur memorandum tashkil etilayotgan о‘quv markazida yangi texnologiyalar va innovatsion о‘quv metodikalarini joriy qilish orqali soha kadrlarini tayyorlashga keng yо‘l ochishi haqida tо‘xtalib о‘tdi.

 Anglashuv memorandumini imzolashdan kо‘zlangan asosiy maqsad elektr energetika tizimida malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishdan iboratdir. Bugungi kunda sohada joriy etilayotgan texnologiyalar bilan “tillasha” oladigan yosh avlodni tarbiyalashda mazkur anglashuv memorandumida nazarda tutilgan vazifalar muhim rol о‘ynaydi, – deydi J. Obidjonov. – Ma’lumki, sо‘nggi yillarda boshqa sohalarda bо‘lgani kabi, energetika sohasida elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlashda bir qator yangi zamonaviy texnologiyalar joriy etildi. Xususun, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tarkibidagi korxonalarda ham bu kabi ishlar tizimli amalga oshirilmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi va samaradorligini oshirish hamda tizimda faoliyat olib borayotgan kadrlar sifatini oshirish maqsadida, Osiyo taraqqiyot banki homiyligida Toshkent davlat texnika universiteti huzurida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ о‘quv markazi tashkil etilishiga kelishib olindi.

Ta’kidlash joizki, Markaz zamonaviy axborot va texnik qurilmalar bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan bо‘lib, bu yerda talabalarga hamda tizimdagi yosh ishchi-xodimlarga elektr tarmoqlarini loyihalashtirish yо‘nalishida qо‘llanilayotgan zamonaviy dasturlarda ishlash, shu bilan birga bakalavriat ta’lim yо‘nalishlari va magistratura mutaxassisligi о‘quv rejalarini ishlab chiqarish korxonalari talablari asosida nafaqat shakllantirish, balki mazkur fanlarni talab darajasida yuqori saviyada olib borish uchun barcha shart-sharoitlar yaratiladi.

Tadbir doirasida «UzAssystem» LLC qо‘shma korxonasi tomonidan DigSilent modellashtirish va rejalashtirish dasturiy ta’minoti taqdimoti о‘tkazildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.

  • 20.07.2022
  • 1017
Sayt xaritasi