ALOQA UCHUN

OG‘IR HUDUDLAR OBOD BО‘LYAPTI

OG‘IR HUDUDLAR OBOD BО‘LYAPTI

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoyevning joriy yil 23-24 fevral kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi yakunlari bо‘yicha Nukus shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi past bо‘lgan 7 ta mahallasida aholining yashash sharoitlarini yaxshilash bilan bog‘liq bajarilishi zarur muhim vazifalar belgilab olingan edi. Xususan,  boshqa sohalar qatori elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq masalalar ham kiritilgan bо‘lib, shu kunga qadar shahardagi «Qutli makon», «Qum ovul», «Jeke terak», «Telemarkaz», «Qizilqum», «Qoskо‘l-2» va «Boz ovul» makon fuqarolar yig‘inlarida elektr tarmoqlarini yaxshilash maqsadida 76,9 km elektr uzatish tarmoqlari yangidan tortilib, 15 dona transformator punkti о‘rnatildi va 1477 dona temir-beton tayanch ustuni tiklandi. Bugungi kunda ushbu mahallalardagi ishlar tizimli davom etmoqda.

Iyul oyida maxsus ishchi guruhi tomonidan о‘tkazilgan о‘rganishlar davomida shaharning yana bir – «Amudaryo» mahallasida amalga oshirilishi zarur ishlar belgilanib, xususan bu yerda 1,5 km elektr uzatish tarmoqlari tortilib, 185 dona temir-beton tayanch ustunlari hamda 1 dona transformator punkti о‘rnatildi.

Shu о‘rinda ta’kidlash joizki, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ rahbariyati tomonidan ushbu og‘ir hududlardagi ishlar nazoratga olingan bо‘lib, qurilish-ta’mirlash ishlari uchun kerakli jihozlar poytaxtdan yetkazib berilmoqda.  Xususan, 12,2 km SIP-50, 9,1 km SIP-35, 18,2 km SIP-16 kabellari, 1 tonnadan ziyod AS-35 ochiq simlari, shuningdek, 3 ta GKTP-630 kVA transformator jamlanmasi va boshqa zarur elektr jihozlari ana shunday og‘ir hududlarga yetkazib berilishi natijasida mavjud  muammolarning hal etilishiga erishildi.

Joylardagi ish jarayonlari «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruv raisining о‘rinbosari D. Nosirov tomonidan muvofiqlashtirib borilmoqda. Obyektlarda 6 ta brigada, 3 ta maxsus avtokran, 4 ta «Yamabur» traktori, 2 ta ustun tashuvchi avtomashina, 1 ta «Isuzu» yuk tashish mashinasi va 2 ta maxsus avtomashina yordamida salmoqli ishlar bajarilmoqda. Bu ishlardan kо‘zlangan maqsad esa bitta – о‘ ham bо‘lsa xalqimizning bugungi kunidan rozi bо‘lib yashashiga hissa qо‘shish.

«Qoraqalpoq HETK» AJ matbuot xizmati.

  • 20.07.2022
  • 917
Sayt xaritasi