ALOQA UCHUN

QIRCHEK MAHALLASIDAN YО‘LLANGAN MUROJAAT О‘RNIDA HAL ETILDI

QIRCHEK MAHALLASIDAN YО‘LLANGAN MUROJAAT О‘RNIDA HAL ETILDI

Xabaringiz bor, Respublika ishchi guruhi hamda “Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ rahbariyati tomonidan hududlarda aholi murojaatlarini o‘rganish ishlari muntazam olib borilmoqda. Xususan, Dehqonobod qishlog‘ida elektr energiyasi ta’minotiga oid muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bо‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Shu о‘rinda ta’kidlash joizki, Mingbuloq tuman Qirqchek mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 35/10 kVli "Gigant" nimstansiyasidan chiquvchi 10 kVli "Amir Temur" havo tarmog‘i orqali shu hudud iste’molchilari elektr energiyasidan foydalanadi. Biroq quvvat yetishmasli mahalliy aholining о‘rinli e’tirozlariga sabab bо‘lmoqda.

Shundan kelib chiqilib, mahallaga qo‘shimcha 100 kVA bo‘lgan transformator o‘rnatildi.

"Namangan HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 20.07.2022
  • 834
Sayt xaritasi