DASTUR DOIRASIDAGI ISHLAR "ANJIRCHI" MAHALLASIDA
Yurtimizda aholini turmush farovonligini yanada oshirish hamda hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasida «Obod qishloq» va «Obod mahalla» Davlat dasturi asosida yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda, Urganch tumanining “Anjirchi” MFYda yashovchi aholi xonadonlarini elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida «Obod qishloq» va «Obod mahalla» Davlat dasturi asosida, mahalla hududida 100 dona temir-beton tayanch ustunlari о‘rnatildi hamda 0,4-10 kV kuchlanishli 12,5 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari yangidan qurildi.
Shuningdek, har xil turdagi 4 dona transformator punkti qurish va mavjud 6 dona transformator punktini yangidan ta’mirlash rejalashtirilgan.
"Xorazm hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan viloyat aholisini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash borasidagi ishlari davom etmoqda.
«Xorazm HETК» AJ matbuot xizmati.