ALOQA UCHUN

“NOVQAT” HAMDA “BAXMAL” MAHALLALARIDA ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI BAJARILMOQDA

“NOVQAT” HAMDA “BAXMAL” MAHALLALARIDA ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI BAJARILMOQDA

Beshariq tumanida bugungi kunda keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Xususan, tumanning “Novqat” mahalla fuqarolar yig’inida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi  “2022-2026 yillarda "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-172-sonli qaroriga asosan, elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Mazkur hudud elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 165dan ortiq yangi temir-beton tayanch o‘rnatilishi, umumiy 2,5 km uzunlikda elektr uzatish tarmoqlarini qurish hamda 2 dona yangi transformator punktini ishga o’rnatish rejalashtirilgan. Ayni kunlarda qishloq hududiga olib kelingan 100 ga yaqin yangi temir-beton tayanchlarni o’rnatish ishlari bajarildi. 

Bundan tashqari, tumanning “Baxmal” mahalla fuqarolar yig‘ini og’ir hududlar ro’yxatiga kiritilgan bo’lib, mazkur hududdagi iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida shu kunga qadar hududga olib kelingan yangi temir-beton tayanchlarini o‘rnatish ishlari yakuniga yetkazilib, yangi tarmoq uchun kabel tortish ishlari bajarilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 19.07.2022
  • 873
Sayt xaritasi