YANА BIR NIMSTАNSIYA ISHGА TUSHIRILDI
Navoiy viloyatining Xatirchi tumani kichik sanoat zonasi tashqi elektr taʼminoti uchun qurilgan, umumiy quvvati 32 mVАni tashkil etadigan 110/10 kVli “Markaz” nimstantsiyasida qurilish-montaj ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirildi.
Ushbu nimstantsiyada 2 ta quvvati 16 mVА boʼlgan kuch transformatorlari oʼrnatilgan. Shuningdek nimstantsiyada 110 kVli 2,4 km havo elektr uzatish tarmogʼi, 10 kVli 2,1 km kabel elektr uzatish tarmogʼi hamda 10 kVli taqsimlash qurilmalari yangidan qurib bitqazildi.
Shuningdek, tashqi elektr uzatish moslamasi (KRUN) oʼrnatildi. Yangi moslamada zamonaviy tok va kuchlanish transformatorlari, ajratgichlar va quvvat kuchaytirgichlar bilan jihozlangan.
Endilikda mazkur loyiha Xatirchi tumanining elektr energiyaga boʼlgan talabining muayyan qismini, aholi, sanoat va iqtisodiyot korxonalarini elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlaydi.
"Navoiy HETK" АJ matbuot xizmati.