ALOQA UCHUN

JALAQUDUQ TUMANIDA YUQORI QARZDORLIKLARNI ANIQLASH YUZASIDAN REYD TADBIRLARI O"TKAZILDI

JALAQUDUQ TUMANIDA YUQORI QARZDORLIKLARNI ANIQLASH YUZASIDAN REYD TADBIRLARI O"TKAZILDI

“Andijon HETK” AJ tomonidan tuzilgan ishchi guruh viloyatdagi har bir hududni sinchkovlik bilan ko’zdan kechirmoqda. O’rgaishlar davomida transformator punktlariga o’rnatilgan aloqaga chiqmayotgan konsentrator qurilmalarini hamda elektr hisoblagichlarni aloqaga chiqarish, kunlik ma’lumotlarni uzatish foizi kam bo’lgan konsentratorlarni to’g’rilash, aloqaga chiqib kunlik ma’lumot bermayotgan hisoblagichlarni joyiga borib o’rganish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek,elektr energiyasidan qarzdor hamda to’g’ridan-to’g’ri ulanib olgan aholi va yuridik iste’molchilarga nisbatan qoidabuzarlik dalolatnomalari rasmiylashtirilib, elektr ta’minotidan ajratilmoqda va yetkazilgan zarar miqdori qayta hisob-kitob qilinmoqda.

Navbatdagi reyd tadbirlari Jalaquduq tumanida bo’lib o’tdi. O’rganishlar davomida bir nechta ulgurji iste’molchilar aniqlandi. Xususan, “Dostonobod” MFY hududida faoliyat yuritib keluvchi “Orom shifo sihatgohi” MCHJning elektr energiyasidan 79 mln so’mdan ortiq qarzdorliklari aniqlandi.


 Bundan tashqari “Xamzaobod” MFY hududidagi “Ikromjon Mega Invest” MCHJning elektr energiyasidan 204 mln so’mdan ortiq qarzdorliklari aniqlandi.

O’rganishlar davomida yana bir holat, “Janubiy Olamushuk” MFY o’ramidagi “Oltin vodiy tabiati” MCHJga o’rnatilgan elektr hisoblagich ko’zdan kechirilganda, transformatorining “A” fazasi nosozligi aniqlandi. Yuqoridagi holatlarning bariga qoidabuzarlik dalolatnomalari rasmiylashtirildi va tarmoqdan ajratildi.

Hududlarda reyd tadbirlari davom etmoqda.

"Andijon HETK" AJ matbuot xizmati.

 

  • 18.07.2022
  • 937
Sayt xaritasi