ALOQA UCHUN

TANLOV GʻOLIBLARI E’TIROF ETILDI

TANLOV GʻOLIBLARI E’TIROF ETILDI

Dunyoda kasblar ko‘p. Har bir kasbning o‘z sir-sinoatlari, mashaqqat va sinovlari bor. Bu sinovlardan matonat bilan o‘tgan kishilar e’zozu ehtiromga munosibdirlar. Energetika - ana shunday mashaqqatli sohalardan biridir. 

Xabaringiz bor, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tashabbusi bilan “Farg‘ona HETK” AJda faoliyat yurituvchi xodimlar o‘rtasida mehnatni muhofaza qilish, ish jarayonida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish, shuningdek baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida joriy yilning 15 iyunidan 15 iyulga qadar “Xavfsizlik texnikasi” ko‘rik oyligi deb e’lon qilingan.

Quva tuman elektr ta’minoti korxonasining o‘quv maydonida viloyatimizning barcha shahar-tuman elektr ta’minoti korxonalarida mehnat qilayotgan xodimlar o‘rtasida “Kasb mahorati” musobaqasi tashkil etildi. Mazkur musobaqa ikki kun davomida, 4 bosqichda 20 ta jamoa ishtirokida o‘tkazildi. 

Musobaqada jamoa a’zolaridan taqsimlovchi tarmoqlar qurilmalarini ta’mirlash bo‘yicha ustalar, dispetcherlar, taqsimlovchi tarmoqlar qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi elektromontyorlar qatnashdi. 

Ushbu bellashuvda jamoalar faol ishtirok etdi. Musobaqalar yakuniga ko‘ra, g‘oliblarni munosib rag‘batlantirish uchun taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda  “Farg‘ona HETK” AJ rahbariyati, Quva tumani Sektor rahbarlari, musobaqa qatnashchilari, hamda uzoq yillar energetika sohasida mehnat qilgan faxriylar ishtirok etdi. 

Umumiy natijalarga ko‘ra, g‘olib jamoalar “Farg‘ona HETK” AJning faxriy yorliqlari hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“Farg‘ona HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 18.07.2022
  • 759
Sayt xaritasi