ALOQA UCHUN

“MIROBOD” YANADA OBOD BO’LMOQDA

“MIROBOD” YANADA OBOD BO’LMOQDA

“Аndijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” АJ tarkibidagi tuman va shahar elektr taʼminoti korxonalari xodimlari doimiy kun tartibi asosida mehnat qiladi. Hech bir soniya yoʼqki, isteʼmolchi manfaatiga xizmat qilmasa...

Ortda qolayotgan bugungi kun ham shunday yakunlandi. Misol uchun, Аndijon tuman ETK Kuyganyor boʼlimi tomonidan aholiga xizmat koʼrsatish samaradorligini oshirish maqsadida tumanda joylashgan “Mirobod” MFY, Bunyodkor koʼchasiga jami 28 dona temir-beton tayanch olib kelinib, hozirda oʼrnatish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, aholiga yetkazib berilayotgan elektr energiyasini sifatini yanada yaxshilash maqsadida quvvati 100 kVА boʼlgan transformator punkti olib kelib oʼrnatildi. Hozirda ushbu transformator punktini ishga tushirish uchun zaruriy choralar koʼrilmoqda.

"Andijon HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 15.07.2022
  • 754
Sayt xaritasi