ALOQA UCHUN

“XAVFSIZLIK TEXNIKASI” KO‘RIK OYLIGI YUQORI SAVIYADA TASHKIL ETILMOQDA

“XAVFSIZLIK TEXNIKASI” KO‘RIK OYLIGI YUQORI SAVIYADA TASHKIL ETILMOQDA

“Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalarida har yili “Xavfsizlik texnikasi” ko‘rik oyligi yuqori saviyada tashkil etiladi.

Joriy yilda ham Jamiyatning 2022-yil 2-iyundagi 199-sonli buyrug‘iga asosan 15-iyundan 15-iyulga qadar elektr ta’minoti korxonalarida, xizmat va bo‘limlarda “Xavfsizlik texnikasi” ko‘rik oyligi doirasida ko‘rgazmali va amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
Bulungur tumanidagi “Bulung‘ur” podstansiyasida ham mazkur oylik doirasida ko‘rgazmali va amaliy o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Tuman elektr ta’minoti korxonasi hamda tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamkorligida uyushtirilgan mazkur mashg‘ulotlarda xodimlarning xavfsizlik texnikasiga oid bilim va ko‘nikmalari yanada mustahkamlandi.

Mashg‘ulotlar davomida xavfsizlik texnikasi qoidalari, elektr qurilmalarida ishlash vaqtida himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish tartibi to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Shuningdek, tadbirda soha mutaxassislari elektr tarmoqlarida yong‘in yuzaga kelganda o‘t o‘chirish uskunalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha ham ko‘rgazmali mashg‘ulotlar o‘tkazishib, ishtirokchilarga favqulodda vaziyatlarni oldini olish va shunday holat yuzaga kelganda qanday harakat qilish bo‘yicha zarur ma’lumotlar berishdi.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan elektr toki ta’siridan tokka tushgan jabrlanuvchini qutqarish va birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatishni “VITIM”  o‘quv apparati orqali qanday bajarilishi ko‘rsatib berildi.

“Samarqand HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 13.07.2022
  • 1046
Sayt xaritasi