ALOQA UCHUN

MODERNIZATSIYA VA YANGILASH ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA

MODERNIZATSIYA VA YANGILASH ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarkibidagi Vobkent tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan “Obod mahalla” Davlat dasturi asosida tumanning “Niyozxo’ja” MFY Niyozxo’ja qishlog’i hududida modernizatsiya va yangilash ishlari amalga oshirilmoqda.

Dastur bo’yicha ishlab chiqilgan loyiha asosida eskirgan simyog’ochlar o’rniga 307 dona mustahkam temir-beton tayanchlari tiklandi. Shuningdek, 5300 metr uzinlikdagi yuqori kuchlanishdagi havo elektr uzatish tarmog’i yangilanmoqda va 12600 metr past kuchlanishdagi havo elektr uzatish tarmog’iga himoyalangan SIP kabellarini tortish ishlari olib borilmoqda.

"Buxoro HETK" AJ мatbuot xizmati.

  • 08.07.2022
  • 975
Sayt xaritasi