ALOQA UCHUN

«TOSHKENT SHAHAR ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI» AJ: DAVLAT DASTURLARI ASOSIDA BELGILANGAN VAZIFALAR TOʻLIQ AMALGA OSHIRILMOQDA

«TOSHKENT SHAHAR ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI» AJ: DAVLAT DASTURLARI ASOSIDA BELGILANGAN VAZIFALAR TOʻLIQ AMALGA OSHIRILMOQDA

Bugungi davrda iste’molchilarni elektr energiyasiga boʻlgan talabini toʻliq qondirish hamda sifatli elektr energiyasi yetkazib berish muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan shu maqsadda, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ hamda uning tasarrufidagi barcha tuman elektr ta’minoti korxonalari tomonidan keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. 

Jumladan, Uchtepa tuman elektr ta’minoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan «Obod mahalla» Davlat dasturi asosida tasdiqlangan rejaga asosan «Oʻrikzor» MFY hududidagi quvvati 10 kV boʻlgan yuqori kuchlanishli transformator punktini yukini yengillatish maqsadida, mahalla hududiga qoʻshimcha 2 GKTP boʻlgan quvvati 630/10 kVA boʻlgan yangi transformator punkti oʻrnatildi. 

Ayni vaqtda, «O`rikzor»  mahalla fuqarolar yig’ini hududiga yangi o’rnatilgan transformator punktini yakuniy montaj qilish hamda yer ostidan o`tgan kabel tarmoqlarini yangilash va ushbu yangi tarmoqqa aholini ulash ishlari olib borilmoqda. Bu bilan ushbu MFY hududidagi 100 ga yaqin iste’molchilarning elektr energiyasiga boʻlgan talabini yanada yaxshilashga erishiladi.

Joylarda, dastur asosida elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari jadallik bilan bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

«Toshkent shahar ЕТК» AJ мatbuot xizmati.

  • 07.07.2022
  • 19708
Sayt xaritasi