AHOLI MUROJAATLARI DOIMIY E’TIBORDA
“Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi har bir elektr ta’minoti korxonasi dastur doirasidagi ishlarni tizimli ravishda olib bormoqdalar. Shuningdek, hududlarda biriktirilgan mas’ul xodimlar tomonidan aholidan kelib tushayotgan murojaatlar doimiy o’rganib kelinmoqda.
Xususan, Andijon tumanida yashovchi fuqaro Sh.Kamolov xonadoni yonida joylashgan temir-beton tayanchni noqulayliklar keltirib chiqarayotganligi tog’risida murojaat qilgan. Ushbu murojaatni Andijon tuman elektr ta’minoti korxonasi Kuyganyor bo’limi xodimlari tomonidan nazoratga olindi va tayanchni aholiga halal bermaydigan tarafga ya’ni yo’lning chetiga o’rnatib berildi.
Bu kabi murojaatlarning deyarli barchasiga soha xodimlari tomonidan ijobiy yechim izlanmoqda.
"Andijon HETK" AJ мatbuot xizmati.