SIRDARYO TUMANIDA "OBOD MAHALLA" DASTURI DOIRASIDA 235 DONA TEMIR-BETON TAYANCHLAR VA 2 KM MASOFADA ZAMONAVIY TARMOQ TORTILDI
Sirdaryo viloyatida «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturi doirasida barcha tuman va shaharlarda elektr tarmoqlari qurish va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.
Xususan, Sirdaryo tumanining "Turkiston" va “Baxmal” mahalalari hududi aholisiga qulay shart-sharoit yaratish, aholini sifatli elektr ta’minoti bilan ta’minlash maqsadida xodimlarimiz tomonidan bu mahallalarda 235 dona yangi temir-beton ustunlar, 2 km zamonaviy SIP kabellari tortildi. Reja asosida bu mahallalarga 24 km masofaga zamonaviy elektr tarmoqlari qurish va 3 dona turli quvvatdagi yangi zamonaviy transformator punktlari о‘rnatish bо‘yicha ish jarayonlari olib borilmoqda.
Belgilangan reja va loyihalarga asosan 2022 yilning yakuniga qadar ushbu ishlar yakunlanib, Sirdaryo tumaninning “Turkiston” va “Baxmal” mahallalari tо‘liq sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.
“Sirdaryo HETK” AJ matbuot xizmati.