ALOQA UCHUN

“XAVFSIZLIK TEXNIKASI” KO‘RIK OYLIGI DAVOM ETMOQDA

“XAVFSIZLIK TEXNIKASI” KO‘RIK OYLIGI DAVOM ETMOQDA

“Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tarkibidagi tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalarida har yili “Xavfsizlik texnikasi” ko‘rik oyligi yuqori saviyada tashkil etiladi.

Joriy yilda ham jamiyatning 2022-yil 2-iyundagi 199-sonli buyrug‘iga asosan 15-iyundan 15-iyulga qadar elektr ta’minoti korxonalarida, xizmat va bo‘limlarda “Xavfsizlik texnikasi” ko‘rik oyligi o‘tkazilmoqda. Mazkur oylik davomida tashkil etilayotgan amaliy mashg‘ulotlarda xodimlarning xavfsizlik texnikasiga oid bilimlari yanada mustahkamlanmoqda.

Kattaqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan navbatdagi o‘quv mashg‘ulotda ham Qoradaryo elektr ta’minoti korxonasi xodimlari zurur bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishdi.
Tadbir davomida “VITIM” o‘quv apparatida jabrlanuvchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish, xavfsizlik texnikasining tartib-qoidalari yuzasidan ko‘rgazmali mashg‘ulotlar ham o‘tkazildi.

“Samarqand HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 30.06.2022
  • 787
Sayt xaritasi