ALOQA UCHUN

Sudjon Shin: О‘ZARO HAMKORLIK HAMJIHATLIK OMILIDIR

Sudjon Shin: О‘ZARO HAMKORLIK HAMJIHATLIK OMILIDIR

Bugun, 27 iyun kuni Janubiy Koreyaning KT Enterprise Business kompaniyasi vitse-prezidenti Sudjon Shin boshchiligidagi delegatsiya a’zolari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish Markazi”da bо‘lib, hamkorlikda amalga oshirilgan loyihalar samaradorligini amaliyotdagi holati bilan tanishdilar.

Jamiyat boshqaruv raisining birinchi о‘rinbosari J. Obidjonov nufuzli mehmonlarga Markaz imkoniyatlariga bag‘ishlangan taqdimotlar bilan tanishtirarkan, О‘zbekistonda keyingi besh yilda energetika sohasini yanada rivojlantirish, xususan, elektr energiya ta’minotida innovatsion texnologiya va yechimlardan foydalanishga hukumat tomonidan katta ahamiyat qaratilayotganiga alohida tо‘xtalib о‘tdi.

Ma’lumki, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan mamlakatimizda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy etish, ushbu  tizimga mos keluvchi hisoblagichlarni о‘rnatish ishlari amalga oshirilishi natijasida ta’minotchi va iste’molchi о‘rtasidagi shaffoflikni hamda elektr energiya ta’minoti samaradorligini oshirish imkoniyati yanada kengaydi.

Ana shu say-harakatlar о‘laroq, 2019 yilda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda Janubiy Koreyaning «KT Corporation» kompaniyasi о‘rtasida “Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish Markazi”ni tashkil etish bо‘yicha qо‘shimcha kelishuv bitimi imzolangan bо‘lib, uning doirasida moliyaviy hamkor – OTB vakillari ishtirokida Markaz binosining ichki qismini tо‘liq rekonstruksiya qilish va server qurilmalarini о‘rnatish belgilangandi. Ayni paytda Markazda dunyoning yetakchi davlatlarida ishlab chiqarilgan server qurilmalari о‘rnatilgan bо‘lib, ulardagi dasturiy ta’minot orqali iste’molchilarga xizmat kо‘rsatib kelinmoqda. Xususan, elektr energiyasining soatlik, sutkalik, oylik va yillik balanslarini shaklllantirish, kо‘p tariflik tizimida hisob-kitoblarni amalga oshirish, bir vaqtning о‘zida qarzdor iste’molchilarni tо‘liq avtomatik ravishda о‘chirish va sarf qilingan elektr energiyasi uchun tо‘lov amalga oshirilgandan sо‘ng qayta yoqish kabi vazifalar markazlashgan tarzda boshqarilmoqda.

Tanishuv sо‘nggida Sudjon Shin bildirilgan ishonch uchun tashakkur bildirib, kelgusida yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish bо‘yicha hamkorlik aloqalarini mustahkam yо‘lga qо‘yish taklifini ilgari surdi. Zero о‘zaro hamkorlik hamjihatlik omilidir.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.

 

 

  • 27.06.2022
  • 930
Sayt xaritasi