Jaxongir OBIDJONOV: Energetika tizimiga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish orqali soha rivojiga erishiladi.
Avval xabar berilganidek, Toshkent shahrida “О‘zbekiston energetika forumi – UEF 2022” о‘tkazilmoqda. Forumda Ozarbayjon, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Qozog‘iston, BAA, Rossiya, Saudiya Arabistoni, AQSH, О‘zbekiston, Fransiya, Yaponiya kabi 15 dan ortiq mamlakatdan ma’ruzachilar, 200 dan ortiq delegatlar, soha mutaxassislari va ekspertlar ishtirok etmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisining birinchi о‘rinbosari J. Obidjonov ham Forum doirasida tashkil etilgan “Elektr energetika sohasini о‘zgartirish” mavzuidagi sessiyada о‘z ma’ruzasi bilan qatnashdi.
Ta’kidlanganidek, Jamiyat faoliyatidagi ustuvor yо‘nalishlaridan biri, shubhasiz, iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish, shu bilan birga, Prezidentimiz va hukumat tomonidan belgilangan sohaga oid vazifalar ijrosini ta’minlash, xizmat kо‘rsatish sifatini yanada oshirish bо‘lib, bu borada Jamiyat tomonidan keyingi yillarda salmoqli ishlar olib borilayotir. Ayni paytda, faoliyatga innovatsion yechimlarga asoslangan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Darhaqiqat, bugun raqamli texnologiyalarsiz jamiyat taraqqiyotini tasavvur etib bо‘lmaganidek, elektr energiyasi tizimini transformatsiya qilmay, ish jarayonlariga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etmay turib soha rivojiga erishib bо‘lmaydi. Shu tariqa, transformatsiya vositasida sohani rivojlantirish, ochiq-oshkora faoliyat yuritish, iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish tizimini zamonaviylashtirish evaziga xalqaro reytinglarni qо‘lga kiritish imkoniyati paydo bо‘ladi.
Jamiyat tomonidan bugungi kunda ana shunday yangicha yondashuv asosida, xorij tajribasini har tomonlama о‘rgangan holda ishlar tashkil etilib, xususan, xalqaro audit korxonalarining tegishli baholarini olish bо‘yicha jahonda tan olingan «katta tо‘rtlik» auditorlik kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Matbuot xizmati