ALOQA UCHUN

MARKAZ FAOLIYATI BILAN TANISHUVLAR DAVOM ETMOQDA

MARKAZ FAOLIYATI BILAN TANISHUVLAR DAVOM ETMOQDA

Avval xabar berilganidek, “О‘zbekiston energetika forumi – UEF 2022” ishtirok etayotgan bir guruh xorijiy ekspertlar hamda mutaxassislar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish Markazi” imkoniyatlari bilan tanishmoqdalar.

Bugun, shuningdek, Markazda Masdar Tech Park kompaniyasi Tijorat ofisi boshlig‘i Sergey Batulin va kompaniya vakili Vladimir Mlyunchiki ham bо‘lishdi.

Jamiyat Boshqaruv raisining birinchi о‘rinbosari J. Obidjonov mehmonlarni Markaz faoliyati bilan tanishtirar ekan, bu yerda respublika, viloyat, tuman (shahar) va mahallalar kesimida elektr energiyasi iste’molchilarining ma’lumotlari saqlanishi, maxsus dasturiy ta’minot orqali elektr energiyasining soatlik, sutkalik, oylik va yillik balanslarini shaklllantirish, kо‘p tariflik tizimida hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoni mavjudligi haqida tо‘xtalib о‘tdi.

Ta’kidlanganidek, dasturiy ta’minot orqali qarzdor iste’molchilarni tо‘liq avtomatik ravishda о‘chirish va sarf qilingan elektr energiyasi uchun tо‘lov amalga oshirilgandan sо‘ng qayta yoqish, masofadan turib elektr hisoblagichlarni qayta dasturlash, iste’molchilar hisoblagichlaridan olingan ma’lumotlarni qayta ishlash kabi vazifalar bajariladi.

Uchrashuv doirasida Masdar Tech Park kompaniyasi vakillari ham, о‘z navbatida, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutaxassislari uchun elektr tarmoqlarini raqamlashtirish bо‘yicha о‘zlari olib borayotgan faoliyatlari yuzasidan taqdimotlar о‘tkazishdi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Matbuot xizmati.

  • 24.06.2022
  • 961
Sayt xaritasi