ALOQA UCHUN

XALQARO MUTAXASSISLAR VA ESPERTLAR “ELEKTR ENERGIYASINI HISOBGA OLISHNI AVTOMATLASHTIRISH MARKAZI” FAOLIYATI BILAN TANISHDILAR

XALQARO MUTAXASSISLAR VA ESPERTLAR “ELEKTR ENERGIYASINI HISOBGA OLISHNI AVTOMATLASHTIRISH MARKAZI” FAOLIYATI BILAN TANISHDILAR

Avval xabar berilganidek, Toshkent shahrida “О‘zbekiston energetika forumi – UEF 2022” о‘z ishini davom ettirmoqda.

Forumda 15 dan ortiq mamlakatdan ma’ruzachilar, 200 dan ortiq delegatlar, xususan Ozarbayjon, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Qozog‘iston, BAA, Rossiya, Saudiya Arabistoni, AQSH, О‘zbekiston, Fransiya, Yaponiya kabi mamlakatlardan kelgan soha mutaxassislari, ekspertlar ishtirok etmoqda.

Bugun mazkur forum doirasida bir guruh xorijiy ekspertlar hamda mutaxassislar  “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish Markazi”da bо‘lib, bu yerda tashkil etilgan zamonaviy ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, Interregional Energy Company GmbH kompaniyasi vakili Aleksey Filinovich va «NICMAS» konserni  rivojlanish bо‘yicha direktori Sergey Ponikar Markaz imkoniyatlariga baho berar ekanlar, bu yerda dunyoning yetakchi davlatlarida ishlab chiqarilgan server qurilmalari о‘rnatilgani, ulardagi dasturiy ta’minot orqali iste’molchiga kо‘rsatilayotgan xizmatlar ularda katta taassurot qoldirganiga tо‘xtalib о‘tdilar.

Toshkentda bunday Markaz borligi hayolimga ham kelmagan edi. Butun respublika bо‘ylab avtomatlashtirilgan tizimga ulangan zamonaviy hisoblagichlarning о‘rnatilgani, umuman raqamlashtirilgan bunday boshqaruv tizimi ochig‘i meni hayratga soldi, – deydi Interregional Energy Company GmbH kompaniyasi vakili Aleksey Filinovich.

О‘zaro tajriba almashish maqsadida tashrif buyurgan nufuzli mehmonlar past kuchlanishli elektr tarmoqlariga xizmat kо‘rsatish hamda ASKUE tizimini joriy etishda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tajribasi alohida e’tirofga loyiqligini qayd etib о‘tdilar.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Matbuot xizmati.

  • 24.06.2022
  • 637