ALOQA UCHUN

GULISTON TUMANIDA "OBOD MAHALLA" DASTURI DOIRASIDA 283 DONA TEMIR-BETON TAYANCHLAR О‘RNATILDI

GULISTON TUMANIDA "OBOD MAHALLA" DASTURI DOIRASIDA 283 DONA TEMIR BETON TAYANCHLAR О‘RNATILDI

Sirdaryo viloyatidagi barcha tuman, shaharlarda elektr ta’minotini yangilash maqsadida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasidagi ishlar davom etmoqda.

Hususan, Guliston tumanida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida xam yillik reja asosida ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Tumanning “Bahmal” “Beshbuloq” va “Sohilobod” mahallalariga 283 dona yangi temir-beton ustunlar о‘rnatildi. Reja asosida bu mahallalarga 32 km masofaga zamonaviy elektr tarmoqlari qurish va 17 dona turli quvvatdagi yangi zamonaviy transformator punktlari о‘rnatish bо‘yicha ish jarayonlari olib borilmoqda.

Belgilangan reja va loyihalarga asosan 2022 yilning yakuniga qadar ushbu ishlar yakunlanib, Guliston tumaninning “Bahmal”, “Beshbuloq” va “Sohilobod” mahallalari sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

“Sirdaryo HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 23.06.2022
  • 886
Sayt xaritasi