SOHADA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
"Navoiy HETK" AJda tizimda olib borilayotgan ishlar hamda “Energiya resurslari bozori va energiya ta’minot tizimini isloh qilish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar va normativ-hujjat loyihasi”ga bag'ishlangan o'quv seminari tashkil etildi.
OAV vakillari va blogerlar ishtirok etgan ushbu tadbirda bugungi kunda jamiyat oldida turgan muhim masalalar, mavjud muammolar tahlil etilib, iste'molchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, sohadagi huquq va majburiyatlar haqida fikr-mulohazalar bildirishdi.
Shu bilan birga iste'molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashda tarmoqlarni modernizatsiya qilish va yangilash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida qisqacha ma’lumot berib o’tildi. Shundan so'ng seminar ishtirokchilar jamiyatda tashkil etilgan ASKUE bo'limidagi imkoniyatlar bilan tanishdi.
"Navoiy HETK" АJ matbuot xizmati.