ALOQA UCHUN

«OQLON» MAHALLASIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA

«OQLON» MAHALLASIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tomonidan poytaxtimizdagi aholi xonadonlari hamda yuridik iste’molchilarni uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida samarali ishlar bajarilmoqda.

Yaqinda, poytaxtning Shayxontohur tumani hududida joylashgan «Oqlon» masjidining kengaytirilishi va rekonstruksiya ishlari boshlab yuborilishi munosabati bilan hududdagi quvvati 10 kV bo'lgan yuqori kuchlanishli TP-2762-sonli transformator punktini joyidan boshqa xavfsiz joyga ko'chirish ishlari olib borildi. Tuman elektr taʼminoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan tezkorlik bilan barcha zarur choralar ko‘rilib, hududlarda tezkor taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazildi.

Bundan tashqari, quvvati 0,4 kV boʻlgan past kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlaridagi eski alyumin simlarni yangi zamonaviy SIP kabel tarmoqlariga almashtirish, hamda transformator punktlarida mukammal va joriy taʼmirlash ishlari ham amalga oshirildi. 

Ayni paytda «Oqlon» MFY hududini elektr energiyasi bilan ta'minlab beruvchi quvvati 6 kV bo`lgan yuqori kuchlanishli 2762-sonli transformator punktidan ta'minlanuvchi yuqori kuchlanishli yer ostidan o'tgan kabel tarmoqlarida montaj ishlari bajarilmoqda.

Bu bilan elektr energiyasini iste’molchilarga sifatli yetkazib berishga hamda tarmoqdagi yoʻqotishlarni qisqartirishga erishiladi.

«Toshkent shahar ETK» AJ matbuot xizmati.

  • 21.06.2022
  • 780
Sayt xaritasi