SAMARQAND SHAHRIDA NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O‘TKAZILMOQDA
Samarqand shahar, Vatanparvar mahallasidagi “Vatanparvar” bog‘ida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazilmoqda.
Samarqand shahar, Samarqand, Nurobod hamda Pastdarg‘om tumanlari aholisi uchun Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilayotgan mazkur sayyor qabulda vazirlik va idoralar mutasaddilaridan iborat ishchi guruhi a’zolari, hududiy boshqarma, tashkilot, muassasalar rahbarlari aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilib, ularning turli yo‘nalishlardagi murojaatlarini ko‘rib chiqmoqda.
Xususan, qabul davomida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Jahongir Obidjonov elektr energiyasi bo‘yicha kelib tushgan murojaatlarni manzilli o‘rganishga alohida e’tibor qaratdi.
Bugungi sayyor qabulda bir dona yaroqsiz simyog‘ochni almashtirish va xonadonimdagi elektr hisoblagichni aloqaga chiqarib berish borasida murojaat qilgandim. Bugungi qabuldan so‘ng shu ikkita masala ham ijobiy yechiladigan bo‘ldi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutasaddi rahbarlari qisqa muddat ichida masalani hal etish bo‘yicha ko‘rsatma berdilar. Biz bundan juda minnatdormiz, – deydi Samarqand shahar, Imom Vose mahallasida yashovchi fuqaro M. Bagirov.
Sayyor qabulda fuqarolarning murojaatlari mutasaddilar tomonidan nazoratga olinib, ularni qanoatlantirish choralari ko‘rildi.
Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, ayrimlariga qonuniy tushuntirish berilib, muddat talab qiladiganlari esa tegishli mas’ullar tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.
“Samarqand HETK” AJ matbuot xizmati.