“SADDA” MAHALLASINING ELEKTR TA’MINOTI SIFATI OSHIRILMOQDA
"Obod qishloq" dasturini amalga oshirish uchun respublikaning har bir viloyati va shahrida, birinchi navbatda chekka hududlarda, aholining turmush sharoitlari va turmush darajasini tubdan yaxshilashni ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.
Bu borada Andijon viloyatining bir nechta hududlarida ham dastur doirasidagi ishlar davom etmoqda.
Xususan, Andijon shahrining “Sadda” mahalla fuqarolar yig’ini tarkibidagi ko’chalarni elektr energiyasi sifatini yaxshilash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu mahallaga jami 70 dona temir-beton tayanchlar o’rnatilib, 6 km uzunlikdagi SIP kabel tarmoqlari tortildi.
Shuningdek, ushbu hududda joylashgan 4 dona transformator punkti joriy ta’mirlandi. “Sadda” mahallasi tarkibiga 17 dona ko’chalar kiritilgan bo’lib, bularning barchasida bosqichma-bosqish dastur doirasidagi ishlar davom etadi.
"Andijon HETK" AJ мatbuot xizmati.