“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJDA NAZARIY VA AMALIY O’QUV-SEMINARLAR О‘TKAZILMOQDA
“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati “Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazi” filialida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ning joriy etilishi va istiqbolli loyihalar amalga oshirilishi mavzuida belgilangan reja asosida o’quv-seminarlari о‘tkazib kelinmoqda. Ularda Jamiyat tarkibiy korxonalarining tegishli mutaxassislari kasbiy malakalarini oshirish bilan birga, kerakli kо‘nikmalarga ega bо‘lmoqdalar.
Yaqinda o‘tkazilgan navbatdagi ana shunday nazariy va amaliy o’quv-seminarda qatnashgan “Andijon HETK” AJ xodimlari ASKUE loyihasi, dasturning madsad va mohiyati haqidagi nazariy bilimlarini yana bir bor mustahkamlab olishdi.
Seminar doirasida ishtirokchilar poytaxtimizning Mirobod tumanida tashkil etilgan mini Data-centr ish faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, bu yerdagi mutaxassislarning ish tajribalarini o’rganishdi. Xususan, CAS tizimi va “Elektrhisob” dasturiy kompleksi bilan ishlash, konsentrator va hisoblagichlarning to’g’ri ishlash jarayonlari va ular asosida ma’lumotlarni shakllantirish, tahlil qilish, shuningdek Billing tizimining afzalliklari va sohaga oid boshqa yo‘nalishlarda tushunchalar berildi.
O’quv-seminar yakunida andijonlik mutaxassislarning bilim darajasini aniqlash uchun test sinovlari o’tkazildi va uning natijalari asosida sertifikatlar topshirildi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.