“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJDA RAQAMLASHTIRISH BО‘YICHA SEMINAR TASHKIL ETILDI
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Davlat va shartnomaviy xizmatlarni rivojlantirish Filiali tomonidan hududiy elektr tarmoqlari korxonalarida iste’molchilarga kо‘rsatib kelinayotgan elektr tarmoqlariga ulash xizmatini raqamlashtirish bо‘yicha olib borilayotgan ishlarni joylardagi mas’ul xodimlarga yetkazish bо‘yicha ikki kunlik seminar mashg‘ulotlari tashkil etildi.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 31 avgustdagi 555-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan seminarda iste’molchilarga xizmat kо‘rsatish tizimini soddalashtirish bо‘yicha olib borilayotgan ishlar xaqida tushunchalar berilib, texnik shartlarni raqamlashtirish bо‘yicha yaratilgan dasturiy ta’minotda ishlash bо‘yicha amaliy mashg‘ulot о‘tkazildi.
Seminarning ikkinchi kunida xizmatlar kо‘rsatishda bevosita ishtirok etuvchi vakolatli tashkilotlar mutaxassislari taklif qilinib, joylarda yuzaga kelayotgan muammolar va savollar batafsil muhokama qilindi hamda tegishli xulosalar chiqarildi.
Shu bilan birga, Filialning yuridik bо‘limi boshlig‘i tomonidan xizmatlar kо‘rsatishda korrupsiyaviy holatlarga yо‘l qо‘ymaslik va uning salbiy oqibatlari xaqida atroflicha tushuntirish ishlari olib borildi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.