“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA KOMPLAYENS-NAZORAT XIZMATINING BOSH MUTAXASSIS LAVOZIMIGA TANLOV E’LON QILADI
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJda Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens-nazorat bо‘limiga bosh mutaxassis lavozimi uchun tanlov о‘tkazadi.
Lavozim majburiyatlari:
tizim korxonalari faoliyatida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi xavfni baholash va boshqarish bо‘yicha takliflar ishlab chiqish;
tizim korxonalarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlashga, ularning oldini olishga va chek qо‘yishga, oqibatlarini, shuningdek, ushbu jinoyatga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqish, amalga oshirilishini ta’minlash;
xodimlar tomonidan kasbiy odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish va xizmat vazifalarini bajarishda har qanday korrupsion holatlar, shu jumladan, manfaatlar tо‘qnashuvi haqida xabar berish masalalarini tartibga solish;
tizim korxonalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish tо‘g‘risida amaldagi meyoriy hujjatlarning ijrosini monitoring qilish;
korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish davlat dasturlari bо‘yicha jamiyatga yuklatilgan vazifalar bajarilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirish;
moliyaviy va boshqa huquqbuzarliklarni aniqlash, oldini olish bо‘yicha amaliy yordam kо‘rsatish va tizimli monitoring о‘tkazish;
jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan xaridlar va boshqa faoliyatning qonunchilikka mosligini monitoring qilish;
faoliyatga tegishli boshqa masalalar.
Nomzodlarga talablar:
yuridik, iqtisod, moliya, soliq va audit hamda boshqa mutaxassisliklari bо‘yicha oliy ma’lumotga egaligi;
moliya, soliq, komplayens-nazorat, audit va ichki nazorat, iqtisod, huquq bilan bog‘liq va boshqa sohalarda 3 yildan kam bо‘lmagan ish tajribasi;
kompyuterda ishlashni mukammal bilish (MicrosoftOffice, Excel, Word, PowerPoint, Outlook, Internet);
ma’lumotlarni, hisobotlarni tahlil qilish, mustaqil fikrlash, g‘oyaviy ijodkorlik, jamoa bilan va о‘z ustida muntazam ishlash kо‘nikmalariga ega bо‘lish;
faoliyat bо‘yicha xizmat safarlariga tayyor bо‘lish;
rus tili hamda boshqa xorijiy tillarni mukammal bilishi yuqori baholanadi.
Ish haqi kelishilgan holda belgilanadi. Ish haqidan tashqari, mukofotlar, qо‘shimcha tо‘lovlar va ustamalar qо‘llaniladi. Amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq ish olib boriladi.
Tanlov quyidagi bosqichlarda о‘tkaziladi:
1. Hujjatlar qabuli;
2. Arizalar va hujjatlarni kо‘rib chiqish va baholash;
3. Test sinovlarini о‘tkazish;
4. Individual suhbat.
Tanlovda ishtirok etish uchun:
Talabgorlar quyida berilgan pochta manziliga kerakli hujjatlarni (obyektivka (tel. raqam), pasport, diplom va uning ilovalari, mehnat daftarchasi va boshqalar) yuborishi lozim.
Dastlabki saralash bosqichidan о‘tgan nomzodlar bilan test sinovlari о‘tkaziladi
va 70 foizdan yuqori natijaga erishgan xodimlar bilan suhbat о‘tkaziladi.
Tanlovning har bir bosqich natijasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning rasmiy veb-sayti (het.uz), Telegram va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilib boriladi.
Hujjatlarni topshirish 2022 yil 24 iyunga (mazkur kun hisobda) qadar qabul qilinadi.
Batafsil ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin: +99878 150-75-61.
Hujjat topshirish uchun pochta manzili: x.allamuradov@het.uz