ALOQA UCHUN

MIROBOD TUMANIDA TEMIR-BETON TAYANCHLAR OʻRNATILMOQDA

MIROBOD TUMANIDA TEMIR-BETON TAYANCHLAR OʻRNATILMOQDA

«Toshkent shahar ЕТК» AJ tasarrufidagi Mirobod tuman elektr ta’minoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18–mart kungi «2022-2026 yillarda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-172-sonli qaroriga asosan, tuman MFYlari hududidagi quvvati 0,4 kV boʻlgan havo elektr uzatish tarmogʻiga 10 dona temir-beton tayanchlar oʻrnatish va eski yogʻoch ustunlarni olib tashlash (demontaj) ishlari amalga oshirildi.

Mutaxassislar tomonidan havo tarmogʻini daraxt shoxlaridan tozalash, salqi simlar tarangligini tortish, avariya holatiga kelib qolgan tayanchlarni sozlash, yangisiga almashtirish ishlari olib borilmoqda.

Bu bilan elektr energiyasini iste’molchilarga sifatli yetkazib berishga hamda tarmoqdagi yoʻqotishlarni qisqartirishga erishiladi.

«Toshkent shahar ЕТК» AJ мatbuot xizmati.

  • 15.06.2022
  • 1134
Sayt xaritasi