“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJda TRANSFORMATSIYA JARAYONLARI DAVOM ETMOQDA
Bugun, 14 iyunda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda konsalting va auditorlik xizmatlari bо‘yicha dunyodagi tо‘rtta yetakchilardan biri hisoblangan PricewaterhouseCoopers (PwC) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bо‘lib о‘tdi.
Muzokara davomida PwC vakillari Jamiyat rahbariyatiga xalqaro kredit reytingini olish va yevroobligatsiyalar chiqarish uchun konsalting xizmatlarini taklif etdilar.
Shu о‘rinda qayd etish joizki, “Hududiy elektr tarmoqlari” va PwC kompaniyasi о‘rtasida bundan avval ham hamkorlik aloqalari о‘rnatilgan bо‘lib, xususan, 2021 yilda PricewaterhouseCoopers tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2019-2020 yillar uchun tayyorlangan xalqaro standartlar asosidagi moliyaviy hisobotlari (IFRS) xalqaro auditorlik standartlariga muvofiq (IAS) audit tekshiruvidan о‘tkazilib, ijobiy bahosi olingan edi. Darhaqiqat, bu Jamiyatning kelgusida xalqaro kredit reytinglarini olish yо‘lida qо‘yilgan ilk dadil qadamlardan biri bо‘ldi desak, mubolag‘a bо‘lmaydi.
Uchrashuvda Jamiyatning umumiy faoliyati, amaliyotga transformatsiya jarayonlarini izchil tatbiq etish borasida olib borilayotgan say-harakatlar haqida atroflicha tо‘xtalib о‘tildi.
Ta’kidlanganidek, hozirgi kunda jahon bо‘ylab, shu jumladan, mamlakatimiz iqtisodiyotida ham yevroobligatsiyalarning tobora rivojlanib borayotganligini kо‘rish mumkin. Shu munosabat bilan PwC vakillariga Jamiyat oldiga qо‘yilgan vazifalar asosida, ya’ni xalqaro kredit reytingini olish va yevroobligatsiyalar chiqarish borasida konstruktiv takliflar berildi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.