ALOQA UCHUN

SAYYOR QABULLAR DAVOM ETMOQDA

SAYYOR QABULLAR DAVOM ETMOQDA

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga binoan hududlarda yechimini kutayotgan masalalarni «mahallabay» о‘rgangan holda joyida va tezkor hal etish maqsadida, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi, vazirlik, idora va muassasalarning rahbarlari, mas’ul xodimlari tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish bo‘yicha ommaviy sayyor qabullar davom etmoqda.

Respublika ishchi guruhi a’zolari tomonidan ayni kunlarda Surxondaryo viloyatining qator tumanlarida yashovchi fuqarolarning kommunal sohaga oid murojaatlari tinglanib, kо‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli choralar kо‘rilmoqda.

Xususan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisining birinchi о‘rinbosari  Rо‘ziqul Rayimov tomonidan 23 nafar fuqaroning murojaati о‘rganilib, shulardan 3 tasi shu yerning о‘zida hal etildi. Qо‘shimcha о‘rganish talab etiladigan 20 ta murojaat esa nazoratga olindi.

“Surxondaryo HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 13.06.2022
  • 1047
Sayt xaritasi