ALOQA UCHUN

IZBOSKANDA ISH QIZG’IN

IZBOSKANDA ISH QIZG’IN

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan hayotga izchil tatbiq etilayotgan “Obod qishloq” dasturi bugun chekka-chekka hududlardagi aholi punktlarida barpo etilayotgan zamonaviy uy-joylar, taʼlim muassasalari, dam olish maskanlariyu qator xizmat koʻrsatish shoxobchalarining yangicha qiyofasida oʻzining yorqin ifodasini topmoqda.

Shu ma'noda, bugungi kunda kundalik hayotimizning asosiy manbaaiga aylangan elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash borasida Izboskan tumanida dastur doirasida bir qator amaliy ishlar bajarilmoqda. Xususan, “Birlashgan” MFY Shalola ko’chasiga 55 dona temir beton tayanchlar o’rnatilmoqda.

Shuningdek, manzilli dastur asosida “Taraqqiyot” MFY hududida 1,8 km tarmoq hamda 10 - 0.4 kV havo tarmoqlarida rekonstruksiya ishlari olib borilib, eski yaroqsiz yog’och tayanchlar olib tashlandi va aholi honadonlarini zamonaviy SIP kabel tarmog’iga o’tkazildi.  

"Andijon HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 10.06.2022
  • 698
Sayt xaritasi