ALOQA UCHUN

TIZIMNI ISLOH QILISH BO‘YICHA HUDUDLARDA O‘QUV SEMINARLARI DAVOM ETMOQDA

TIZIMNI ISLOH QILISH BO‘YICHA HUDUDLARDA O‘QUV SEMINARLARI DAVOM ETMOQDA

Avval xabar berilganidek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tarkibiy korxonalari tomonidan ayni kunlarda mahalliy OAV vakillari, blogerlar, bosma nashrlar jurnalistlari hamda tizimda faoliyat olib borayotgan soha mutaxassislari ishtirokida Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Energetika vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan o’quv-seminarlar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi seminarlar Xorazm, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida ham bо‘lib о‘tdi.

“Xorazm HETK” AJ majlislar zalida o'kazilgan matbuot anjumanida viloyat Axborot va ommaviy kommunikasiyalar boshqarmasi, “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati mas’ul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlar ishtirok etdilar.

Ta'kidlanganidek, Qaror loyihasini ishlab chiqishda, birinchi navbatda, aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish asosiy mezon qilib olindi. Xalqaro tajriba asosida aholining kam ta’minlangan va past daromadli qatlami manfaatlaridan kelib chiqib, ijtimoiy himoya samaradorligini oshirish uchun “ijtimoiy norma” tizimi butun respublika bо‘yicha amalga kiritilishi belgilanmoqda.

“Surxondaryo HETK” AJ tomonidan о‘tkazilgan tadbirda elektr energiyasini ishlab chiqarish, yetkazish va taqsimlash jarayonlari, muammo va yechimlar, iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashda elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangilash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tо‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Tadbir yakunida Jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni keng jamoatchilik о‘rtasida targ‘ib va tashviqot qilishda yaqindan yordam berayotgan jurnalist va blogerlarga tashakkurnoma e’lon qilindi.

“Sirdaryo HETK” AJda mahalliy blogerlar, jurnalistlari hamda soha mutaxassislari ishtirokida o'kazilgan o'quv-seminarda energetika sohasini isloh qilish orqali tabiiy gaz va elektr energiya tariflarini ijtimoiy adolat tamoyillari asosida belgilash hamda aholi va tadbirkorlarimiz uchun energiya taʼminotining uzluksizligi va ko‘lamini kengaytirish imkoni yaratilishi haqida so'z bordi.

Qolgan hududlarda ham shu kabi о‘quv seminarlari о‘tkazilishi rejalashtirilgan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.

  • 09.06.2022
  • 870
Sayt xaritasi