ALOQA UCHUN

FARG‘ONADA DASTUR ASOSIDA ELEKTR TARMOQLARI YANGILANMOQDA

FARG‘ONADA DASTUR ASOSIDA ELEKTR TARMOQLARI YANGILANMOQDA

“Farg‘ona HETK” AJ tasarrufidagi barcha tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalari ishchi-xodimlari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarda "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, ayni paytda joylarda elektr uzatish tarmoqlarini joriy hamda mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, Oltiariq tumanining “Qiziltepa”, Furqat tumanining Chek-chuvaldoq qishlog’ida, Uchko’prik tumanining “Qorayantoq”, Farg'ona tumanining “Chimyon”, So'x tumanining “Qal'acha”, Rishton tumanining “Yangi Avlod”, Beshariq tumanining “Bahmal", Quva tumanining “Boyqo'rg'on”,  Farg'ona shahrining “Zarbdor”,  Qo’qon shahrining “Yangi Chorsu”, Marg’ilon shahrining “Turon”, Quvasoy shaharining “Bo’ston” mahalla fuqarolar yig’ini hududida yangi temir-beton tayanchlar o‘rnatish, elektr uzatish tarmoqlarini qurish hamda transformator punktlarini o’rnatish kabi amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Bu kabi amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlar barcha turdagi iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan bо‘lib, aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi, albatta.

“Farg‘ona HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 09.06.2022
  • 1101
Sayt xaritasi