PROKURATURA XODIMLARI ASKUE TIZIMI BILAN YAQINDAN TANISHDILAR
Ma’lumki, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan iste’molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarni hamda iste’molchi va ta’minotchi korxonalar о‘rtasida amalga oshirilayotgan munosabatlarni shaffofligini ta’minlash maqsadida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan (ASKUE) tizimi joriy etilgan.
О‘zbekiston Prokuraturasi xodimlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish Markazi”da bо‘lib, bu erda tashkil etilgan zamonaviy ish jarayonlari bilan tanishdilar. Xususan, iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish sohasida olib borilayotgan islohotlar, xususan joriy etilgan yangi tizim imkoniyatlari haqida tushunchaga ega bо‘ldilar.
Mehmonlar bu yerdagi elektr energiyasi iste’molchilarining ma’lumotlari saqlanishi, maxsus dasturiy ta’minot orqali elektr energiyasining soatlik, sutkalik, oylik va yillik balanslarini shaklllantirish, kо‘p tariflik tizimida hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoni mavjudligi bilan tanishib, qarzdor iste’molchilarni tо‘liq avtomatik ravishda о‘chirish va sarf qilingan elektr energiyasi uchun tо‘lov amalga oshirilgandan sо‘ng qayta yoqish, masofadan turib elektr hisoblagichlarni qayta dasturlash, iste’molchilar hisoblagichlaridan olingan ma’lumotlarni qayta ishlash kabi vazifalar ayni Markazdagi dasturiy ta’minot orqali boshqarilishi ularda alohida taassurot uygotdi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.