ALOQA UCHUN

“SHODIYONA” MAHALLASIGA 630 KVA QUVVATGA EGA BO’LGAN TRANSFORMATOR O’RNATILDI

“SHODIYONA” MAHALLASIGA  630 KVA QUVVATGA EGA BO’LGAN TRANSFORMATOR O’RNATILDI

“Sirdaryo HETK” AJ tomonidan aholi hamda ulgurji iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, Davlat dasturlarida kо‘rsatilagan chora-tadbirlarni о‘z vaqtida bajarish maqsadida belgilangan vazifalar jadallik bilan davom ettirilmoqda.

Xususan, elektr uzatish tarmoqlari yangidan qurilib, transformator punktlarining quvvatini oshirish ishlari Sirdaryo viloyati bо‘yicha davom etmoqda. Mana shunday yangilanishlardan yana biri Yangiyer shahar elektr ta’minoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan amalga oshirildi. Shaharning “Shodiyona” mahallasidagi quvvati 250 kVA bo’lgan transformator 630 kVA quvvatga ega bo’lgan transformator punktiga almashtirildi.

Bu ishlar yakunida “Shodiyona” mahallasidagi ko’p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi 300 dan ortiq aholi xonadonlariga sifatli elektr energiyasi kirib boradigan bо‘ldi.  

"Sirdaryo HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 08.06.2022
  • 1065
Sayt xaritasi