“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ XOTIN-QIZLAR KENGASHI VAKILLARI SEMINAR-TRENINGDA ISHTIROK ETDILAR
Joriy yilning 2-4 iyun kunlari Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida joylashgan “Nodirabegim Muxammadxon” sihatgohida О‘zbekiston Energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tashabbusi bilan tarmoq korxonalari Ayollar kengashi vakillari uchun “Yangi kasaba uyushmalarida Ayollar kengashining о‘rni” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Respublika Kengashi Xalqaro ishlar bо‘limi boshlig‘i S. Egamberdiyev tadbirni kirish sо‘zi bilan ochar ekan, bugungi kunda о‘zbek ayollarining nafaqat oila va farzandlar tarbiyasidagi о‘rni, balki mamlakatimiz taraqqiyotiga qо‘shayotgan hissasi beqiyos ekanligiga tо‘xtalib о‘tdi. Ta’kidlandiki, mamlakatimizda keyingi yillarda xotin-qizlarning qobiliyat va imkoniyatlarini rо‘yobga chiqarish, opa-singillarimizni jamiyatning teng huquqli, faol va bunyodkor a’zosiga aylantirish borasida keng kо‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun ayollar ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, jumladan, bandligini ta’minlash, sog‘ligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ularning turmush darajasini yaxshilashga e’tibor har qachongidan ham yuqori.
Seminar-treningda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ijro apparati va tarkibiy korxonalari Xotin-qizlar kengashi raislari ham ishtirok etdilar. “Xorazm HETK” AJ umumiy masalalar bо‘yicha direktori – Xotin-qizlar qо‘mitasi raisi S. G‘oipova tomonidan о‘tkazilgan taqdimotda tarkibiy korxonalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning faolligini kuchaytirish, ularning yetakchilik va rahbarlik qobiliyati, intellektual va ma’naviy salohiyatini oshirish borasida Jamiyat tomonidan yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar haqida sо‘z bordi.
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi Namangan hududiy bо‘limi psixologi Nigora Hayrullayeva tomonidan о‘tkazilgan trening mashg‘ulotlari ham mazmunli suhbat hamda qizg‘in mashqlarga boy bо‘ldi.
Seminar doirasida ishtirokchilar, shuningdek ayni kunlarda viloyatda о‘tkazilayotgan “Xalqaro gullar festivali”ni tomosha qilishdi.
Ham maroqli dam olish, ham bilim va tajriba almashish maqsadida yig‘ilgan tarmoq tashkilotlari Ayollar kengashi vakillari bu kabi seminar-treninglar ish faoliyatida kerakli kо‘nikmalarni oshirishga xizmat qilishi barobarida, kelgusida hamjihatlikda yangi loyihalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratishini aytib о‘tdilar.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.