QIZILTEPА TUMАNIDА FАRMON IJROSI BАJАRILMOQDА
Bugungi kunda barcha hududlarda boʼlgani singari Qiziltepa tumanida ham Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 dekabrdagi “Yangi Oʼzbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 32-Farmoniga muvofiq tumanning “Malikobod” mahallasida barpo etilayotgan “Yangi Oʼzbekiston” massividagi koʼp qavatli uylarni elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida yangidan 10 kVli 2 ta havo elektr uzatish tarmogʼini tortish ishlari olib borilmoqda.
Loyihaga muvofiq 14,6 km tarmoqni 320 ta temir-beton tayanchlari orqali uzatish rejaga kiritilib, hozirgi kunga kelib hududda 122 ta temir-beton tayanchlari tiklangan.
Qurilish ishlari davom etmoqda...
"Navoiy HETK" АJ matbuot xizmati.