BOYOVUTDA MUKAMMAL TA’MIRDAN CHIQARILGAN PODSTANSIYADA JURNALISTLAR UCHUN PRESS-TUR TASHKIL ETILDI
“Sirdaryo HETK” AJ tomonidan Boyovut tumanida joylashgan 110/35/10 kVli "Doston" podstansiyasining mukammal qayta ta’mirdan chiqarilishi munosabati bilan mahalliy jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil qilindi.
Boyovut tuman hokimligi hamda “Sirdaryo HETK” AJ mutasaddilari ishtirok etgan ochilish marosimida ta’kidlanganidek, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruv raisi tashabbusi bilan joriy yilda tegishli manzilli dastur asosida respublika miqyosidagi podstansiyalarning umumiy holatini о‘rganish, xususan, ularning texnik hujjatlarini tartibga solish, nimstansiyalarda ASKUE tizimi joriy etilganligi holatini о‘rganish, raqamlashtirish jarayonlari, nimstansiya xizmatidagi xodimlar ishini tashkil qilish, elektr uskuna va binolarini mukammal hamda joriy ta’mirlash, atrof-hududini obodonlashtirish hamda boshqa amaliy ishlarni hal etish bо‘yicha ishchi guruh tashkil etilgan bо‘lib, joylarda bu borada samarali ishlar olib borilmoqda.
“Sirdaryo HETK” AJ tomonidan "Doston" podstansiyasida ham belgilangan ishlarni bajarish yuzasidan tezkor harakatlar olib borilib, 25 kun davom etgan ish jarayonlari davomida podstansiya yangicha kо‘rinish kasb etdi.
OAV vakillari iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida bu yerda olib borilgan ta’mirlash ishlari, xususan, podstansiya hududini obodonlashtirish, elektr uskuna va binolarni estetik holatini yangilash, rele himoyasi va avtomatika qurilmalarini tо‘liq navbatdan tashqari tekshiruvdan о‘tkazish, aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf qilish, ma’nan eskirgan himoya qurilmalarini sezuvchanligi yuqori bо‘lgan himoya qurilmalariga almashtirish kabi say-harakatlar bilan tanishtirildi.
"Sirdaryo HETK" AJ matbuot xizmati.