ALOQA UCHUN

QARZDOR AHOLI VA ULGURJI ISTE'MOLCHILAR TARMOQDAN AJRATILMOQDA

QARZDOR AHOLI VA ULGURJI ISTE'MOLCHILAR TARMOQDAN AJRATILMOQDA

"Аndijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" АJ tomonidan joylarda aholi va ulgurji iste'molchilarni elektr energiyasidan qarzdorliklari aniqlanib reyd tadbirlari doimiy davom etmoqda. Bu galgi tekshiruvlar ham Paxtaobod tumanida bo'lib o'tdi. 

Tumanning "Qumshaydon" va "Ko'ktonlik" mahalla fuqarolar yig'inlarida reyd tadbirlari o'tkazilishi natijasida bir nechta qarzdor aholi va ulgurji iste'molchilar aniqlandi. Xususan, "Qumshaydon" mahallasidan 10 ta hamda "Ko'ktonlik" mahallasidan 7 ta, jami 17 qarzdor isteʼmolchi 38 mln 540 000 so'm qarzdorliklari uchun tarmoqdan ajratilib, dalolatnomalar rasmiylashtirildi. 

Bundan tashqari 2 ulgurji isteʼmolchi – “Baliqchi TYXTPKK” va “Mega ziroat MChJ”larning 72 mln 100 000 so'm qarzdorligi aniqlanib, dalolatnomalar tuzilidi va tarmoqdan ajratildi.

Reyd tadbirlari hududlarda davom etmoqda.

"Andijon HETK" AJ мatbuot xizmati

 

  • 26.05.2022
  • 966
Sayt xaritasi