OQQО‘RG‘ON TUMANIDA SAYYOR QABUL О‘TKAZILDI
Ma’lumki, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi, respublika vazirlik, idora va muassasalarning rahbarlari, mas’ul xodimlari tomonidan Toshkent viloyati shahar va tumanlarida yashovchi fuqarolar bilan bevosita uchrashish, ularning muammolarini joyida hal etish, murojaatlarini о‘rganish bо‘yicha ommaviy sayyor qabullar davom etmoqda.
Bugun Toshkent viloyati Oqqо‘rg‘on tumanidagi "Mono markaz"da о‘tkazilgan sayyor qabulda shu jumladan, mahalliy fuqarolarning elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolari kо‘rib chiqilib, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ mutasaddilari tomonidan ularni ijobiy hal etish bо‘yicha tegishli kо‘rsatmalar berildi.
Ta’kidlash joizki, bu kabi bevosita muloqotlarda aholi vakillari kо‘plab yechimini kutib kelayotgan muammo va masalalari bо‘yicha murojaat qilish imkoniga ega bо‘lmoqdalar.
“Toshkent HETK" AJ matbuot xizmati.