ALOQA UCHUN

AHOLI TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH YО‘LIDA

AHOLI TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH YО‘LIDA

Sirdaryo viloyatida «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturi doirasida barcha tuman va shaharlarda  elektr tarmoqlari qurish va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda 

Xususan, Mirzaobod tumani "Oydin" va “Axmedov” mahalalari hududa aholisiga qulay shart-sharoit yaratish, aholini sifatli elektr ta’minoti bilan ta’minlash maqsadida temir-beton tayanchlar о‘rnatish, havo tarmoqlari qurish va yangi transformator punktlari о‘rnatish jarayonlari olib borilmoqda.

"Oydin" va “Axmedov” mahallalarida 110 donadan ortiq temir-beton ustunlar о‘rnatildi. Loyiha yakuni bо‘yicha 7 km 500 metr masofada elektr uzatish tarmog‘i va 4 dona turli quvvatdagi transformator punktlari о‘rnatish ishlari bajariladi. Shuningdek ushbu mahallalardagi barcha transformator punktlari mukammal ta’mirdan chiqariladi.

Bu ishlardan asosiy kо‘zlangan maqsad chekka hududlarda istiqomat qilayotgan odamlarning  farovon hayot kechirishiga zamin yaratishdir.

"Sirdaryo HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 20.05.2022
  • 996
Sayt xaritasi