TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
Ayni vaqtda Yuqori Chirchiq TETK ishchi-xodimlari tomonidan transformator punktlariga boruvchi kabellarni kо‘zdan kechirish va shikastlangan joylarini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, iste’molchilarning elektr quvvatiga bо‘lgan talabi oshishi tufayli transformatorlardagi yuklamani kamaytirish, shu orqali kelgusidagi avariyalarni oldini olish maqsadida 110/35/10 kVli "Parranda" podstansiyasida tegishli ekspluatatsiya jarayonlari amalga oshirilmoqda.
"Toshkent HETK" AJ matbuot xizmati.