“BARKAMOL AVLOD” MAHALLASIGA YANGI TARMOQ TORTILMOQDA
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining manzilli dasturlari asosidagi ishlar hududlarda davom etmoqda. Shahrixon tumanining “To’lqin” MFY hududida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, ushbu hududda yashovchi aholi honadonlarining elektr energiyasi sifatini yaxshilash maqsadida 20 dona temir-beton tayanchlar olib kelib o’rnatildi va 400 metr SIP kabel tarmoqlari tortildi.
Shuningdek, “Barkamol avlod” MFY hududidaga 72 dona temir beton tayanchlar hamda quvvati 100 kVA bo’lgan transformator punkti o’rnatilib ishga tushirildi. Hozirda 2,5 km uzunlikdagi SIP kabel tarmoqlari tortish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari “Nayman” va “Hipchaqo’rg’on” mahallalaridagi mavjud transformator punktlarida joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.
"Andijon HETK" AJ мatbuot xizmati.