“BOʻZQALʼA” MAHALLASI OBOD BOʻLMOQDA
Joriy yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari”AJ tomonidan qator ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Gurlan tumanidagi “Boʻzqalʼa” hamda “Besh uy” mahallalarida ham Dastur boʻyicha yangi qurilish ishlari bajarilishi rejalashtirilgan.
“Boʻzqalʼa” mahallasi elektr taʼminoti tizimini yaxshilash borasida reja boʻyicha 119 ta eski yogʻoch ustunlar yangi tayanch temir-beton ustunlariga almashtirilishi, 2,6 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari yangidan qurilishi isteʼmolchilarga yanada sifatli va uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berishga asos boʻladi.
Bundan tashqari mavjud transformatorga qoʻshimcha ravishda yangi 160 kValik transformator oʻrnatilishi ham aholiga yanada qulaylik yaratadi.
“Xorazm HETK” AJ matbuot xizmati.