ALOQA UCHUN

YUQORI KUCHLANISHLI TARMOQLAR HAMDA NIMSTANSIYASIDAGI KAMCHILIKLARNI O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

YUQORI KUCHLANISHLI TARMOQLAR HAMDA NIMSTANSIYASIDAGI KAMCHILIKLARNI O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

"Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" aksiyadorlik jamiyatining texnik direktori boshchiligida uning o‘rinbosari, yuqori kuchlanishli tarmoqlar xizmati, nimstansiyalar xizmati va shu sohaga oid bo‘lim va xizmat boshliqlari hamda Pop tuman elektr ta’minoti korxonasining ustachilik bo‘laklari bilan birgalikda elektr kurilmalarni muxandis-texnik xodimlar  ishtirokida navbatdan tashqari ko‘rikdan o‘tkazildi.

2 kun davomida vodiy viloyatlarini Toshkent shahri bilan bog‘lovchi yagona transport qatnov yo‘lini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi Qamchiq dovoni hududidagi yuqori kuchlanishli havo tarmoqlari va 35/6 kVli "Rezak", "Qamchiq", "Yo‘lsoz" hamda "N:9" nimstansiyasilarini ko‘rikdan o‘tkazildi. 

Ko‘rik davomida aniqlangan kamchilik va nuqsonlar o‘rnida mutaxassislar tomonidan bartaraf etildi. Ta’mirlash va estetik jihatdan ishlov berish, bo‘yash jarayonlari bajarildi.

"Namangan HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 18.05.2022
  • 969
Sayt xaritasi