ALOQA UCHUN

OSIYO TARAQQIYOT BANKI MUTAXASSISLARI BILAN MUZOKARA О‘TKAZILDI

OSIYO TARAQQIYOT BANKI MUTAXASSISLARI BILAN MUZOKARA О‘TKAZILDI

Bugun, 17 may kuni Osiyo taraqqiyot banki vakili janob Sun Dak Kim boshchiligidagi delegatsiya a’zolari О‘zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda bо‘lib, kelgusi 10 yillikda elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish yuzasidan Jamiyat mutasaddilari bilan muzokara о‘tkazdilar. 

Uchrashuv davomida past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish bо‘yicha hamkorlikni kengaytirish hamda ushbu yо‘nalishdagi istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etish yuzasidan о‘zaro fikr almashildi.

Muzokaralar sо‘ngida delegatsiya a’zolari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish Markazi” hamda hududiy korxonalarida tashkil etilgan zamonaviy ish jarayonlarini yaqindan kuzatish istagini bildirib о‘tdilar.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.

  • 17.05.2022
  • 847
Sayt xaritasi