"O‘ZBEKISTON" MAHALLASIDA YANGI TARMOQ QURISH UCHUN TEMIR-BETON TAYANCHLAR O‘RNATILMOQDA
Prezidentimizning 2021 yil 2 apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora- tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-5048-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Guliston tumanida elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan qator ishlar olib borilmoqda.
Guliston tuman elektr ta’minoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan Guliston tumanining “O‘zbekiston” mahallasida elektr ta'minotini yaxshilash bo’yicha 0,4 kVli havo tarmog‘i qurish uchun temir-beton tayanchlari o’rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
"Sirdaryo HETK" AJ matbuot xizmati.