OQDARYODA YANGI TARMOQ TORTILMOQDA
Oqdaryo tuman aholisiga munosib turmush sharoitini yaratib berish hamda tumanda elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida amaliy ishlar bajarib kelinmoqda. Xususan, ayni kunlarda tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan hududlardagi mavjud elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizasiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Korxona xodimlari tomonidan tumanning Dahbed, Alisher Navoiy, Bozorjoy mahallalariga elektr energiyasi yetkazib beruvchi “Talaba” hamda “Hoshim” fiderlariga yer ostidan 312 metr uzunlikda yuqori kuchlanishli AS-B-120 kabellari yotqizish ishlari amalga oshirildi. Bu kabi amaliy ishlarning bajarilishi barcha turdagi isteʼmolchilarning sifatli hamda barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlashga qaratilgan.
"Samarqand HETK” AJ matbuot xizmati.