“ABDURAUF FITRAT” MAHALLASI HUDUDIDAGI QATOR KO’CHALAR ELEKTR ENERGIYASI TA’MINOTI YAXSHILANADI
Ishlab chiqilgan manzilli Davlat dasturlari asosida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalari tomonidan hududlarda elektr tarmoqlarini yanada modernizasiya qilish va yangilash ishlari davom ettirilmoqda.
Xususan, Buxoro shahar “Abdurauf Fitrat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi iste’molchilarning elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida 150dan ziyod mustahkam temir-beton tayanchlar tiklandi. Shuningdek, 8000 metr uzinlikdagi himoyalangan SIP kabellarini tortish hamda 1 dona qo’shimcha transformator punktini o’rnatib, ishga tushirish rejalashtirilgan.
Ayni paytda Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan SIP kabellarni tortish ishlari olib borilmoqda.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati.