JO'RABEKDA ELEKTR TA'MINOTI YAXSHILANMOQDA
Sifatli elektr energiyasi yetkazib berish - jamiyat taraqqiyotiga va xalqimiz farovonligining yanada oshishiga xizmat qiladi, albatta.
«Toshkent shahar ETK» AJ tasarrufidagi Yashnobod tumani energetiklari tomonidan sohaga oid islohotlarni hayotga tadbiq etish ishlari bugun «Jo`rabek» mahallasining Farg'ona yo'li ko'chasida davom etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18 martdagi «2022-2026 йилларда «Obod qishloq» vа «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-172-sonli qarori ijrosi yuzasidan poytaxt tumanlarida elektr tarmoqlarini taʼmirlash va rekonstruksiya qilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Ayni paytda hududda HL-0,4 kV bo'lgan elektr uzatish havo tarmoqlaridagi eski alyumin simlarni yangi rusumdagi zamonaviy SIP kabellariga almashtirildi. Hozirda, ushbu mahalla aholisining yashash xonadonlarini barqaror elektr ta'minoti bilan ta'minlash maqsadida, tuman elektr ta'minoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan ushbu yangi havo elektr uzatish tarmog'iga iste'molchilarini ulash, ya'ni yakuniy montaj ishlari ham amalga oshirilmoqda.
«Toshkent shahar ETK» AJ matbuot xizmati.